AsosiyJamiyat

Yoshlar etakchisining to`yi o`zgacha bo`ldi

'Yoshlar etakchisining to`yi o`zgacha bo`ldi'ning rasmi

Samarqand viloyati Urgut tumani Qoratepa qishlog`ida o`tkazilgan to`y ko`pchilikning yodidan chiqmaydigan bo`ldi, deb yozadi O`zA.

Gap shundaki, tumandagi 41-umumta`lim maktabining yoshlar etakchisi Alijon Orziqulov va Sevara Amrillaevaning nikoh to`yi odatdagidan boshqacha o`tdi.

– Keraksiz hoy-u havas bilan o`tkazilgan to`ylar va ulardan keyingi mashmashalarni eshitganimiz uchun ota-onalarimizga biz uchun dabdabali to`y o`tkazmang, undan ko`ra savobli ish qilaylik dedik, – deydi Alijon. – Bu fikrimiz ularga ham ma`qul tushdi va to`yimizga o`zimizga yaqin insonlar, do`stlarimizni taklif etdik. Mahalla faollari bilan maslahatlashib, kam ta`minlangan oilarning to`rt nafar farzandlari sunnat to`yini ham nikoh to`yimizga qo`shib o`tkazdik. To`yimiz kutganimizdan ham chiroyli o`tdi.

Alijonning ota-onasi endilikda to`ydan iqtisod qilingan mablag` evaziga yosh oila uchun yangi uy solish harakatida.

    Boshqa yangiliklar