AsosiyDunyo

“Versace”tabiiy mo`ynadan voz kechdi

'“Versace”tabiiy mo`ynadan voz kechdi'ning rasmi

Jahonga taniqli “Versace” modalar uyi rahbari Donatella Versachi “1843” jurnaliga bergan intervyusida endilikda liboslar va aksessuarlarni tayyorlashda tabiiy mo`ynadan foydalanmasligini ma`lum qildi.

“Mo`yna? Men bunda boshqa qatnashmayman. Moda uchungina hayvonlar o`ldirilishini xohlamayman...” degan Versachi intervyusida.

“Armani”, “Calvin Klein”, “Hugo Boss”, “Ralph Lauren”, “Gucci”, “Michael Kors”, “Jimmy Choo” kabi moda olamining taniqli brendlari ham tabiiy mo`ynadan voz kechgan.

Statistik ma`lumotlarga ko`ra har yili jahonda bir millionga yaqin jonivor faqat mo`ynasi uchungina o`ldiriladi.

    Boshqa yangiliklar