AsosiyJamiyat

IIV akademik liseylariga o`qishga kirayotganlar ikki bosqichda tibbiy ko`rikdan o`tkaziladi

'IIV akademik liseylariga o`qishga kirayotganlar ikki bosqichda tibbiy ko`rikdan o`tkaziladi'ning rasmi

Ichki ishlar vazirligi akademik liseylariga o`qishga kirayotgan o`quvchilarni tibbiy ko`rikdan o`tkazish tartibi to`g`risidagi nizom Adliya vazirligida davlat ro`yxatidan o`tkazildi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar bermoqda.

Nizomga ko`ra, Ichki ishlar vazirligi akademik liseylariga o`qishga kirayotgan o`quvchilar Qoraqalpog`iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari va Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasining tibbiyot bo`limlaridagi harbiy-tibbiy komissiyalar tomonidan tibbiy ko`rikdan o`tkaziladi.

O`quvchilar tibbiy ko`rikdan ikki bosqichda, birlamchi va yakuniy tibbiy ko`rikdan o`tkaziladi:

birlamchi tibbiy ko`rikda o`quvchining shikoyatlari, sog`lig`i holati haqidagi ambulator bemorning tibbiy kartasi, o`quvchi va uning ota-onasi haqidagi asosiy ma`lumotlar (kasalliklari, jarohatlari, rivojlanishi, fe`l va xulq-atvori) o`rganiladi;

yakuniy tibbiy ko`rik o`quvchining sog`lig`ida birlamchi tibbiy ko`rikdan keyingi o`zgarishlarni aniqlash maqsadida o`tkaziladi.

Harbiy-tibbiy komissiyalar o`quvchining salomatligi to`g`risidagi barcha zarur ma`lumotlar va uning jismoniy rivojlanishini hisobga olgan holda o`quvchini o`qishga yaroqli yoki yaroqsizligi to`g`risida qaror qabul qiladi.

    Boshqa yangiliklar