AsosiyDunyo

Trampning kelini ajrashish uchun sudga ariza berdi

'Trampning kelini ajrashish uchun sudga ariza berdi'ning rasmi

AQSh prezidentining o`g`li — kichik Donald Tramp rafiqasi bilan ajrashmoqda, deb xabar berdi Ria.ru nashri.

Nashrning xabar berishicha, AQSh prezidentining kelini, 40 yoshli Vanessa Tramp turmush o`rtog`idan ajrashish uchun payshanba kuni Manxetten sudiga ariza bergan.

Ma`lumotlarga ko`ra, juftlik o`zaro kelishuv asosida ajrashishga qaror qilgan. Bu esa ular o`rtasida mol-mulk, besh nafar farzandni janjal-to`polon bilan talashish imkoniyatini kamaytiradi.

Kichik Donald Tramp Vanessa Xeydonga 2005 yilning noyabr oyida uylangan edi.



    Boshqa yangiliklar