AsosiyJamiyat

IIB ogohlantirdi: sharlardan ehtiyot bo`ling!

'IIB ogohlantirdi: sharlardan ehtiyot bo`ling!'ning rasmi

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi bayram kunlari aholini gaz aralashmasi bilan to`ldirilgan havo sharlaridan ehtiyot bo`lishga chaqirdi.

“Gaz aralashmasi bilan to`ldirilgan havo sharlari juda xavflidir. Yonuvchi gazli sharlarning chaqnashi uchun birgina cho`g`ning o`zi etarli. Natijada, inson jiddiy tan jarohati olib, bayram fojiaga aylanishi mumkin”.

Havoda uchadigan gaz aralashmasi bilan to`ldirilgan havo sharlarini xarid qilmaslik, noqonuniy savdo qilayotgan bunday “tadbirkor”lar ustidan kuchli jamoatchilik nazoratini o`rnatish barchamizning hayotimiz va sog`ligimiz uchun foydalidir.

    Boshqa yangiliklar