1

Sankt-Peterburgda maktab o`quvchilari doridan ommaviy zaharlandi

Dunyo 16.03.2018, 16:59
Sankt-Peterburgda maktab o`quvchilari doridan ommaviy zaharlandi

Sankt-Peterburgda maktab o`quvchilari doridan ommaviy zaharlandi. Bu haqda RIA Novosti o`z manbasiga tayanib xabar beradi.

Zaharlangan 15 nafar maktab o`quvchisi kasalxonaga yotqizilgan. Shahardagi 5-bolalar klinik shifoxonasi bosh shifokori L.Isankinaning ma`lum qilishicha, ularning 3 nafari jonlantirish bo`limida.

Sankt-Peterburgdagi 97-maktabda sodir bo`lgan mazkur hodisani polisiya tekshirmoqda. O`quvchilar qabul qilgan hapdori tinchlantiruvchi dori vositasi - "Fenazepam" bo`lib chiqqan. Uning bolalar qo`liga qaerdan kelib qolgani ham aniqlanmoqda.

Zaharlanganlardan 11 nafarining ahvoli qoniqarli holatga kelgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1