AsosiyJamiyat

Bog`cha hududini, o`yin maydonchalarini internet orqali kuzatish mumkin bo`ladi

'Bog`cha hududini, o`yin maydonchalarini internet orqali kuzatish mumkin bo`ladi'ning rasmi

Maktabgacha ta`lim muassasalarini o`yinlar, o`yinchoqlar, mebel, jihozlar va boshqa texnik vositalar bilan jihozlash me`yorlari Adliya vazirligida davlat ro`yxatidan o`tkazildi. Bu haqda vazirlikning «Huquqiy axborot» kanali orqali ma`lum qilindi.

Me`yorlarga maktabgacha ta`lim muassasalarida bolalarning jismonan sog`lom, aqliy va intellektual rivojlanishlari uchun lozim bo`lgan jihozlar, o`yinlar va o`yinchoqlar va h.k. kiritilgan.

Xususan, endilikda maktabgacha ta`lim muassasalarida bolalarni jismonan sog`lom rivojlanishi uchun chiniqtirish va yassi oyoqlikni oldini olish uchun yo`lakchalar, relaksasion kreslolar, havo tozalagichlar (retsirkulyator), sterilizatorlar, aqliy rivojlanishi uchun «Bank», «Pochta», «Ferma», «Avtomobil turargohi» va boshqa o`yin markazlari, intellektual rivojlanish uchun ko`p funksiyali sahnalar, «Tasviriy faoliyat» burchaklari bo`lishi lozim.

Shuningdek, har bir maktabgacha ta`lim muassasasi hududi, o`yin maydonchalari internet orqali kuzatish imkoniyatiga ega bo`lgan video kuzatuv texnikasi bilan jihozlanadi.

    Boshqa yangiliklar