20–22 mart kunlari Navro`z bayramiga bag`ishlangan tadbirlar munosabati bilan poytaxtning ayrim ko`chalarida avtotransport harakati cheklanadi. Toshkent shahar IIBB YHXB bu ko`chalar ro`yxatini e`lon qildi.
20–22 mart kunlari soat 06:00 dan 21:00 gacha:
- Ko`rgazma ko`chasi — HAY ko`chasidan Korxoji ota ko`chasiga qadar;
- Sandiqqo`rg`on 4-tor ko`chasi — HAY ko`chasidan Korxoji ota ko`chasiga qadar;
- Sandiqqo`rg`on 3-tor ko`chasi — HAY ko`chasidan Korxoji ota 1-tor ko`chasiga qadar;
- A. Po`lat ko`chasi — Ko`rgazma ko`chasidan Iftixor ko`chasiga qadar;
- Usta Shirin ko`chasi — Ko`rgazma ko`chasidan Iftixor ko`chasiga qadar;
- Korhoji ota 1-tor ko`chasi — Ko`rgazma ko`chasidan Iftixor ko`chasiga qadar;
- Korhoji ota ko`chasi — Ko`rgazma ko`chasidan Iftixor ko`chasiga qadar;
- Labzak ko`chasi — Qodiriy ko`chasidan Zulfiyaxonim ko`chasiga qadar;
- Abdulla Qodiriy ko`chasidan Labzak ko`chasiga tushish yo`li.
Shuningdek, 20–22 mart kunlari bayram tadbirlari o`tkaziladigan madaniyat va istirohat bog`lariga tutash ko`chalarda xalq sayli vaqtida vaziyat taqozo etganda transport vositalarining qatnovi vaqtincha to`xtatilishi rejalashtirilmoqda.






