AsosiyJamiyat

Navro`z arafasida qanday ob-havo kutilmoqda?

'Navro`z arafasida qanday ob-havo kutilmoqda?'ning rasmi

O`zbekiston gidrometeorologiya xizmati markazining xabar qilishicha, 19 mart kuni Toshkent shahrida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi +7 ... +9 daraja, kunduzi +19 ... +21 daraja iliq bo`ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Nukusda havo harorati kechasi +3 ... +8 daraja, kunduzi +13 ... +18 daraja iliq bo`ladi. Soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi +7 ... +12 daraja, kunduzi +13 ... +18 daraja iliq bo`ladi. Soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.

Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi +5 ... +10 daraja, kunduzi +17... +22 daraja iliq bo`ladi. Soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi +10 ... +15 daraja, kunduzi +20 ... +25 daraja iliq bo`ladi. Soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.

Farg`ona vodiysi viloyatlarida ham havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi +3 ... +8 daraja, kunduzi +13 ... +18 daraja iliq bo`lishi kutilyapti. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.

Shuningdek, tog`li hududlar — Chimyon, Qamchiq va Nurafshonda havo o`zgarib turadi, yomg`ir yog`ishi mumkin. Havo harorati kechasi +2 ... +7, kunduzi +7 ... +12 daraja iliq bo`ladi. Nurafshonda esa kechasi +5 ... +10, kunduzi +17 ... +22 daraja ilishi mumkin. Soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.

    Boshqa yangiliklar