AsosiyDunyo

Vladimir Putin rekord darajada ovoz to`plab, g`alaba qozondi

'Vladimir Putin rekord darajada ovoz to`plab,  g`alaba qozondi 'ning rasmi

Rossiyada 18 mart kuni prezident saylovlari bo`lib o`tdi.

Mamlakatning barcha hududlaridan to`plangan ovoz natajalariga ko`ra, Vladimr Putin rekord darajadagi natija bilan g`alaba qozondi. Unga 52 milliondan ortiq saylovchilar ovoz bergan.

Bu esa umumiy hisobda 76,5 %ni tashkil etadi. Pavel Grudinin 12 % ovoz bilan ikkinchi o`rinni, Vladimir Jirinovskiy 6 % ovoz to`plab uchinchi o`rinni, sobiq teleboshlovchi Kseniya Sobchak esa 1,65 foiz natijani qo`lga kiritgan.

Qolgan 4 nafar nomzod 0,65 % dan 1,03 % gacha ovoz to`plagan.To`rtinchi bor g`alaba qozongan Putin ishonch uchun rossiyaliklarga minnatdorlik bildirdi.

    Boshqa yangiliklar