AsosiyJamiyat

Qidiruvdagi shaxslar o`z xohishlari bilan O`zbekistonga qaytmoqda

'Qidiruvdagi shaxslar o`z xohishlari bilan O`zbekistonga qaytmoqda'ning rasmi

Profilaktik ishlar o`z samarasini berib, yillar davomida qidiruvda bo`lganligi sababli chet elda yashirinib yurgan shaxslar tergovga keltirilmoqda. Bu haqda Toshkent viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, 1977 yilda Parkent tumanida tug`ilgan G. M. Jinoyat kodeksining 135-moddasi(odam savdosi), 165-moddasi(tovlamachilik) va boshqa moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda sirtdan ayblanib, sirtdan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi tanlangan holda unga nisbatan Parkent tuman IIB tomonidan 2012 yil 12 aprel kuni qidiruv e`lon qilingan edi.

Qidiruv harakatlari davomida, G.M bir necha yildan buyon Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida yashab yurganligi, o`ziga nisbatan qidiruv e`lon qilingani va qamoqqa olinishidan xavotirlanib, o`z yurtiga qaytish niyatida emasligi aniqlandi.

Tuman prokuraturasi, IIB huzuridagi Tergov bo`limi va jinoyat-qidiruv bo`limi xodimlari hamkorlikda G.M.ning yaqin qarindoshlari bilan bir necha bor profilaktik suhbatlar o`tkazdi. G.M. o`z hohishi bilan tergov organiga kelgan taqdirda, unga nisbatan tanlangan qamoqqa olish ehtiyot chorasi boshqa turdagi ehtiyot chorasiga almashtirilishiga kafolat berilishi tushuntirilganligi natijasida 2018 yilning 9 mart kuni G.M O`zbekistonga qaytib kelishiga erishildi.

Unga nisbatan 2012 yilda tanlangan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi bekor qilinib, munosib hulq atvorda bo`lish haqidagi tilxat bilan dastlabki tergov yakuniga qadar ochiqlikda qoldirilishi ta`minlandi. Hozirda Parkent tuman IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar