AsosiyDunyo

Qozog`istonliklar O`zbekistonga keladimi?

'Qozog`istonliklar O`zbekistonga keladimi?'ning rasmi

Qozog`istonliklar Navro`z bayrami arafasida O`zbekistonga sayohat qilishni istaydilarmi yo`qmi? Aynan shu savol bo`yicha qozog`istonlik hamkasblarimiz internetda so`rovnoma o`tkazdilar. Ma`lumotlarni voxboll internet so`rovnoma dasturi mutaxassisi O`zAga taqdim etdi.

O`n to`rt kun davom etgan so`rovnoma natijalari quyidagicha bo`ldi:

56 foiz so`rovnomada qatnashgan qozog`istonliklar O`zbekistonga sayohat qilishni yoqlab ovoz berganlar, respondentlarning 16 foizi bayramda yurtimizga kelishini bildirgan, javob beruvchilarning 12 foizi hali bir qarorga kelmaganliklarini aytganlar yana 16 foiz respondentlar O`zbekistonda bo`lganliklarini tasdiqlashgan.

    Boshqa yangiliklar