19 mart kuni soat 21:00 atrofida Toshkent shahridagi metropolitenning «Beruniy» bekatida noxush voqea kuzatildi.
Xabar.uz» nashri bergan ma`lumotga ko`ra, 30-35 yoshlardagi ayol bekatga kirib kelayotgan poezd ostiga o`zini tashlagan. Zudlik bilan ko`rilgan choralar natijasida ayol salomat holatda qutqarib qolingan.
Ayolga voqea joyida birinchi tez tibbiy yordam ko`rsatilgan. Shifokor va psixolog etib kelgach, u ayolning stress holatda ekani aniqlangan.
Hozir surishtiruv ishlari davom etmoqda.






