19 mart kuni Qashqadaryo viloyati Koson tumani «Mustaqillik» shohko`chasidagi xususiy tadbirkorlarga tegishli savdo rastalarida yong`in sodir bo`ldi. Bu haqda «Kun.uz» xabar berdi.
Natijada 220 kvadrat maydon yong`indan zarar ko`rgan.
Yong`in sabablari va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda, yong`in haqida berilgan xabardan so`ng, Qashqadaryo viloyati IIB Yong`in xavfsizligi xizmatining yong`in o`chirish bo`linmalari tomonidan yong`in to`liq qurshab olinib, jalb qilingan ettita asosiy yong`in o`chirish va bitta yordamchi avtomobillari yordamida bartaraf etildi.
Sodir bo`lgan yong`inda hech kim tan jarohati olmadi va halok bo`lmadi.
Yong`in xavfsizligi xizmatining yong`in o`chirish bo`linmalari sa`y-harakati bilan yigirmadan ortiq savdo do`koni yong`indan asrab qolindi.



