Hatto eng ashaddiy kino ishqibozi ham kino olamidagi ba`zi faktlarni bilmasligi mumkin, deya yozmoqda Billionnews.ru nashri.
Quyida kino sanoatidagi noodatiy, ajabtovur faktlar keltirib o`tamiz.
1. “Xarobadan chiqqan millioner”
Mercedes-Benz kompaniyasi mazkur filmda ishtirok etgan mashinalardan logotiplarini olib tashlashni so`ragan. Sababi – filmdagi nochor hududlarda suratga olingan Mercedes-Benz mashinalari firma imijiga salbiy ta`sir ko`rsatishi mumkin bo`lgan ekan.
2. “Terminator 2: Qiyomat kuni”
Arnold Shvarsenegerning ushbu filmdagi gonorari 15 million dollar bo`lgan. Aktyor film davomida 700 so`z aytadi. Bu – har bir so`z uchun 21 429 dollar deganidir. Shunday qilib, o`sha mashhur “Asta la vista, beybi” kompaniyaga 85 716 dollarga tushgan.
3. “Kazino Royal”
Filmdagi avtohalokat sahnalari uchun har biri 300 ming dollar bo`lgan uchta Aston Martin DBS mashinalari pachoq qilingan.
4. “Avatar”
Ushbu filmdagi jonli tasvirlar 40 foizdir, qolgan 60 foizni kompter elementlari tashkil etgan.
5. “Tor”
Ushbu filmni suratga olish uchun Galisteo (Nyu-Meksiko shtati)da butun boshli shahar qurilgan.
6. “Rokki”
Ushbu film 28 kun davomida suratga olingan.
7. Xitoy va kino
Xitoyda kino yoki televidenieda vaqtlararo sayohatlarni aks ettiruvchi sahnalarni ko`rsatish man etilgan.
8. Sandra Ballok
Sandra Ballok “Eng yaxshi aktrisa” nominasiyasida “Oskar” mukofotiga sazovor bo`lishidan bir kun oldin “Eng yomon aktrisa” nominasiyasida “Oltin malina” mukofotini olgan.