1

Enaga jodugarlikda ayblandi va yoqib yuborildi

Dunyo 21.03.2018, 18:32
Enaga jodugarlikda ayblandi va yoqib yuborildi

London atrofida yashovchi fransuz juftligi 21 yashar enaga Sofi Lione (Sophie Lionnet)ning o`limida ayblanmoqda, deya xabar berdi Lenta.ru nashri.

Yosh fransuz qizning ko`mirga aylangan jasadi qoldiqlari bog`dagi kul ostidan topilgan. Gulxan va kuygan go`sht hidi qo`shnilar e`tibori tortgan va ular polisiyani chaqirishgan.

Ma`lum bo`lishichcha, Sabrina Kuayder va jufti Kissem Meduni ikki farzandlarining enagasidan jodugarlik va olmos marjonlarni o`g`irlaganlikda gumonsirashgan.

Avvalboshda enagani asira sifatida qamab qo`yib, och qoldirishgan va o`larday qilib urishgan.

Hozircha Sofining o`limi sabalari aniq-tiniq bo`lganicha yo`q.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1