AsosiyJamiyat

Bosh prokuratura: Sobiq prokuror yordamchisi Mirzaev va uning oilasidan jabr ko`rganlar diqqatiga

'Bosh prokuratura: Sobiq prokuror yordamchisi Mirzaev va uning oilasidan jabr ko`rganlar diqqatiga'ning rasmi

Bosh prokuratura tomonidan R.Qodirovga nisbatan o`tkazilayotgan jinoyat ishi tergovi doirasida Toshkent shahar prokurorining sobiq birinchi o`rinbosari M.A.Mirzaev, uning turmush o`rtog`i M.X.Mirzaeva, o`g`li A.M.Mirzaev ishtirokida juda ko`p miqdorda pora olish, boshqa mansabdorlik jinoyatlarini sodir etganlik holatlari yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

«Shu munosabat bilan, agar Siz ko`rsatilgan shaxslar tomonidan sodir etilgan pora olish, mansab vakolatlarini suiiste`mol qilish yoki boshqa jinoiy qilmishlar oqibatida jabrlanuvchi yoki guvoh bo`lgan bo`lsangiz, Bosh prokuraturaga ariza bilan murojaat qilishingiz yoki 233-63-33, 236-00-76 telefon raqamlari orqali xabar berishingiz mumkin», deyiladi Bosh prokuratura xabarida.

    Boshqa yangiliklar