1

Xitoy AQSh mahsulotlariga boj qo`yadi

Dunyo 23.03.2018, 12:16
Xitoy AQSh mahsulotlariga boj qo`yadi

Xitoy Xalq Respublikasi Tijorat vazirligi bugun o`z saytida AQShning 128 turdagi mahsulotlariga boj qo`yilishini ma`lum qildi.

Hujjatda qayd etilishicha, boj qo`yilayotgan AQSh mahsulotlari etti toifaga ajratilgan.

Birinchi toifada sarxil va quritilgan mevalar, yong`oq, vino, jenshen, choksiz po`lat quvurlar bo`lib, ularga 15 foiz boj qo`yiladi.

Ikkinchi toifadagi tovarlarga 25 foiz boj qo`yilishi mumkin. Mazkur toifaga AQShning 8 nomdagi mahsuloti kiritilgan bo`lib, 2017 yilda birgina shularning o`zi Qo`shma Shtatlarga 1,992 milliard dollar olib kelgan.

Eslatib o`tamiz, AQSh Prezidenti Donald Tramp joriy yilning 1 mart kunida po`lat va alyuminiy importiga qo`yiladigan boj miqdorini 25 va 10 foizga oshirilishini ma`lum qilgan edi. Qaror 8 mart kuni tasdiqlandi.

Xitoy Tijorat vazirligi e`lon qilgan xujjat esa ushbu qarorga qarshi chora bo`lib, mamlakat zararini qoplab berishi kutilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1