Avvalo, kashfiyot deb o`rganganlarimizni ixtiro deb yozganimiz sababi haqida ikki og`iz so`z. Kashfiyot so`zining ma`nosi bilganingizdek kashf etmoqdir. Masalan, Kolumb Amerika qit`asini kashf etdi deganda Kolumb Amerika qit`asini bir narsani bir narsaga qorishtirib yasagani emas, uni izlab topgani tushuniladi. Nyutonning butun olam tortishish qonuni va Eynishteynning nisbiylik nazariyasi ham shunga o`xshash hodisa. Demak, kashfiyot – tabiatda oldindan mavjud bo`lgan hodisaning sirini ochishdir. Inson aqli bilan yaratilgan yangi bir narsaga esa ixtiro deb ataladi. Masalan, kompyuter yasash uchun mavjud bo`lgan ashyolarning har biri bir kashfiyot bo`lishi mumkin, kompyuterning o`zi esa o`sha narsalar majmuasi bo`lib inson zakosi tuhfasidir.
Alifbo
Insoniyat tarixidagi eng mashhur ixtirolar haqida turli millatlar orasida so`rov o`tkazilganda sayyoramiz aholisidan biror kishi butun dunyoni “larzaga” solgan ixtiro qaysi ekanini qat`iyatla aytib bera olmagan. Lekin ko`pchilik alifboning yaratilishi dunyo sivilizasiyasiga turtki bo`lganini e`tirof etgan va xuddi ana shu ixtiro dunyoda birinchi o`rinni egallagan. Ulardan harflar va so`zlar tashkil topgan. Agar harflar, belgilar, so`zlar, tillar bo`lmaganda hech qanday ixtiro va texnologiyalar bo`lmas edi.
Kitob
Yana bir so`rovda inson zotining eng muhim ixtirosi deb raketa, chiroq, televidenie, radio, internet va hattoki irhone emas, kitob tan olingan. Chunki elektr yoki atom energiyasi yordamida harakatlanadigan kosmik kemalar, samolyotlar va shunga o`xshash olamshumul kashfiyotlar va ixtirolarning asl sababchisi bu – kitobdir. Barchamiz guvohmiz, hattoki kompyuter, televideniya va boshqa eng ta`sirchan texnologiyalar ham kitob o`rnini bosa olmadi. U qadimgi bilimlarning eng ishonchli tashuvchisi va unga hech qanday energiyaning ham keragi yo`q. U hali ham insonlarni bilim va ma`rifat tomon etaklashda peshqadamlik qilmoqda.
G`ildirak
Ehtimol, g`ildirakning ixtiro qilinishi ancha shov-shuvli nou-xau bo`lgandir. Ba`zi g`ildirakli texnikalar haqiqatan hayratlanarlidir. Masalan, eng tez yurar motosikl 2.5 soniya ichida 100 kilometr soat tezlik oladi.
Kompyuter
Applening birinchi kompyuteri
Dunyoni o`zgartirgan ixtirolardan biri bu – kompyuter. Olimlar o`tgan asrning 50 yillarida yaratgan, dastlabki kezlarda bahaybat mashinaga o`xshash bo`lgan “kompyuter”ning asosiy vazifasi kosmik uchish traektoriyasini aniq hisoblab borish edi. Bu ixtironi dastlab hisoblash mashinasi deb atashdi. Axborot texnologiyalari bo`yicha 230 dan ortiq ixtiroga patent olgan Stiv Jobs kompyuter dahosi, afsonaviy odam degan nom oldi. Uning dahosi tufayli faqat portativ kompyuterlar emas, iPod pleeri mobilne iPhone mobil telefonlari ham yaratildi.
Kosmik korabllar va sun`iy yo`ldoshlarning uchish traektoriyasini, ularning kosmosga ko`tarilish tezligini to`g`ri hisoblash, er qa`ridagi dolg`alarni o`rganish, tabiiy falokatlar sodir bo`lishini oldindan aniqlash va tabiatda sodir bo`ladigan o`zgarishlarni kuzatib borish, foydali konlarni izlab topish, atom stansiyalari ishini nazorat qilib borish – ana inson kompyuterni ixtiro qilgandan so`ng qo`lga kiritgan yutuqlarning arzimagan qismi.
Avtomobil
Atigi ikkisida haydovchilik guvohnomasi bo`lgan injenerlar jamoasi yaratgan avtomobil
1937 yil Shvesiyada tashkil topgan SAAB kompaniyasi dastavval faqat jangovor samolyotlar ishlab chiqargan. Ikkinchi jahon urushidan keyin kompaniya bozor talabiga mos avtomobil chiqarishga qaror qiladi. Ulardan birinchisi – Ursaab edi. Bu avtomobilni o`n olti nafar injener yaratgan. Eng qizig`i, ular ilgari mutlaqo avtomobil yig`magan va ularning atigi ikkisida haydovchilik guvohnomasi bo`lgan xolos.
Shapka – budilnik
Metrodagi shapkacha – uyqu ichida bekatdan o`tib ketmaslikning ajoyib usuli
Yaponiyada patent olgan bu shapkachani boshga kiyib oling, ko`zni yuming-da, poezdda tebranib bemalol uxlab ketavering. Uyqu ichida bekatdan o`tib ketib qolmaslik uchun uning kerak bekatni belgilab qo`yadigan maxsus tablichkasi bor. Shapka kiygan kishi qattiq uxlab qolgan taqdirda ham budilnik bong urib uni uyg`otadi. Bu ishga kechikib yuradigan kishilar uchun rosa asqatadi.
Ignali budilnik
Ignali budilnik – inson zotining bema`ni ixtirolaridan biri
Uning qiyofasi odatdagi budilniklardan sira ham farq qilmaydi. Ammo uning tepasiga g`ujum qilib gugurt cho`pidek kichkina ignalar qadab chiqilgan. Hatto uyg`oq va sergak odam ham uni bexos bosib olishi hech gap emas.
Anesteziya
Anesteziyasiz oddiy jarrohlik amaliyotini o`tkazishni tasavvur qilib bo`lmaydi
«Anesteziya» atamasi aslida milodiy I asrda yashagan qadimgi rim farmakologlaridan biriga tegishli bo`lgan. U mehrigiyohdan og`riq qoldiruvchi ta`sirga ega bo`lgan ekstraktni ajratib olishga muvofiq bo`lgan. Uning bu ixtirosi unut bo`lib ketganmi, oradan bir necha asr o`tib,og`riqni qoldiruvchi dorini ingliz ximigi Xemfri Devi ixtiro qilgan. Dietil efiri yordamida og`riq sezish qobiliyatini yo`qotish esa doktor Morton ixtirosidir. Aynan shu kundan boshlab xirurglar og`riqni nazorat qilishni o`zlashtirib olgan.
Antibiotik
Antibiotiklar ham tibbiyot taraqqiyotida muhim rol o`ynadi. Antibiotiklar insoniyatni epidemiyalar va o`limga olib boruvchi kasalliklardan himoya qildi. Birinchi antibiotik hisoblangan pensillinni Aleksandr Fleming yaratdi va ana shu mo``jizaviy dorisiga 1928 yil patent oldi.
Abdumalik JO`RAQUL tayyorladi,http://muslim.uz