Prezident Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan 26-27 mart kunlari poytaxtimizda o`tadigan “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzuidagi yuqori darajadagi xalqaro konferensiya matbuot markazi o`z ishini davom ettirmoqda, deya xabar bermoqda O`zA.
Bugungi sessiyada Afg`onistonda siyosiy diplomatiyani yo`lga qo`yishda Toshkent konferensiyasining ahamiyati, mintaqaviy iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, O`zbekiston bilan Afg`oniston o`rtasidagi savdo aylanmasi hajmini oshirish, energetika, transport-kommunikasiya va boshqa sohalardagi aloqalar istiqbollari haqida so`z yuritilmoqda.
Mazkur mavzular bo`yicha O`zbekiston Respbulikasi Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o`rinbosari Sodiq Safoev, Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investisiyalar va turizm masalalari qo`mitasi raisi Alisher Kurmanov, O`zbekiston tashqi savdo vaziri Jamshid Xo`jaev va boshqa mutasaddilar ma`ruza qilmoqda.
24.03.2018 10:58
Afg`oniston bo`yicha xalqaro konferensiya matbuot markazi o`z ishini davom ettirmoqda






