AsosiyJamiyat

​Farg`onada eshak so`yib sotgan qallob «tadbirkorlar» qo`lga olindi (video)

'​Farg`onada eshak so`yib sotgan qallob «tadbirkorlar» qo`lga olindi (video)'ning rasmi

Farg`onada eshak so`yib sotgan qallob «tadbirkorlar» qo`lga olindi, deb xabar beradi «O`zbekiston 24» telekanali. Tezkor ma`lumotlarga asosan SVOJDLQK departamentining Farg`ona viloyati Qo`shtepa tumani xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbir davomida «Qoraqushchi» MFY, Turon ko`chasi 85-uy ko`zdan kechirilgan.

Ozod Botirovning kushxonaga aylangan hovlisida sanitariya talablariga tamomila zid ravishda so`yilib, iste`mol uchun jo`natishga tayyor qilib qo`yilgan ko`p miqdordagi eshak go`shti va ushbu uy hayvoni jasadlari topilgan. Ular 250–300 ming so`mdan eshaklarni sotib olib, shu xonadonning o`zida so`yib, nimtalab, keyin esa sotishni yo`lga qo`yishgan. So`yilgan jonivor go`shtini umumiy ovqatlanish shahobchalariga kilogrammini 25–30 ming so`mdan tarqatishgan.

Eshak go`shti ko`rinishi bilan ham, ta`m va hidi bilan ham mol va qo`y go`shtidan farq qiladi. Buni oshpazlar ham, oshxona va kafe biznesi bilan shug`ullanadiganlar ham juda yaxshi bilishadi, deya ta`kidlanadi xabarda.

Sanitariya va gigiena qoidalariga amal qilinmasdan so`yilgan hayvon go`shtlarini tashish, saqlash va iste`molga chiqarish holatlariga zudlik bilan chek qo`yildi.


Boshqa yangiliklar