AsosiyJamiyat

PRezident tomorqa erlaridan foydalanish mutlaqo talabga javob bermasligini keskin tanqid qildi

'PRezident tomorqa erlaridan foydalanish mutlaqo talabga javob bermasligini keskin tanqid qildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida 23 mart kuni qishloq xo`jaligini jadal rivojlantirish bo`yicha olib borilayotgan ishlar natijadorligiga bag`ishlangan videoselektor yig`ilishida tomorqalardan samarali foydalanish masalasiga alohida to`xtaldi.

Aholi va dehqon xo`jaliklariga tegishli unumdor tomorqa erlaridan foydalanish mutlaqo talabga javob bermasligi tanqid qilindi. Aksariyat aholining 8-10 sotix tomorqa eri bo`lsa-da, hech narsa ekmagan.

Davlatimiz rahbari kichik tomorqadan mo`l hosil olib, oilasini boqayotgan, katta daromad topayotgan mehnatsevar odamlarni o`rnak qilib ko`rsatdi.

"Cho`p suqsang, ko`karadigan erimiz bor, mehnatsevar xalqimiz bor. Lekin tomorqa erlaridan – shunday katta rezervdan foydalanmayapmiz. Shuning uchun bugundan boshlab “Tomorqaga ekin ekish” oyligini e`lon qilib, har bir tomorqaga ekin ekishni tashkil etish kerak. Agar hozir ekmasak, keyin kech bo`ladi", - dedi Shavkat Mirziyoev.

Bu borada aholiga ko`maklashish maqsadida barcha tumanlarda “Tomorqa xizmati” korxonalarini tashkil etish, ular orqali tomorqalar uchun ko`chat, mineral o`g`it, kimyoviy preparatlar etkazib berish, mexanizasiya va boshqa servis xizmatlari ko`rsatish bo`yicha tizim yaratish yuzasidan topshiriq berildi. Shu xizmatlar etishtirilgan hosilni xarid qilish, qayta ishlash, saqlash va eksport qilish bilan ham shug`ullanadi.

    Boshqa yangiliklar