AsosiyJamiyat

Jizzaxda toshlar tagidan 14 yoshli qizaloqning jasadi topildi

'Jizzaxda toshlar tagidan 14 yoshli qizaloqning jasadi topildi'ning rasmi

Jizzax viloyatining Forish tumanida yashovchi, 1966 yilda tug`ilgan B.Tojiev IIBga murojaat qilib, 2018 yil 22 mart kuni 14 yoshli qizi D.Tojiboeva uyidan qoramollarini boqish uchun chiqib ketib, bedarak yo`qolganini ma`lum qilgan.

Olib borilgan qidiruv ishlari natijasida, 23 mart kuni shu mahalla hududida joylashgan tog` yon bag`ridan D.Tojiboevaning bo`g`ib o`ldirilib, toshlar tagiga ko`milgan holdagi jasadi topilgan.

Ko`rilgan choralar natijasida qizning mahalladoshi, 1995 yilda tug`ilgan T.Oltiev uni bo`g`ib o`ldirganligi aniqlangan.

IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko`ra, qotil qo`lga olingan.

    Boshqa yangiliklar