AsosiyJamiyat

​Farg`onalik yosh oshpaz 20 mingta ko`k chuchvarani tayyorladi (foto)

'​Farg`onalik yosh oshpaz 20 mingta ko`k chuchvarani tayyorladi (foto)'ning rasmi

rtimizda xalqimizning qadimiy bayrami Navro`z shukuxi hali hamon kezib yuribdi. U barchamizga quvonch, yangi orzu-umidlar ulashdi. “Ruxsor” teleradiokanali homiyligida “Quvonchli Navro`z” bayram dasturi bo`lib o`tdi. Unda yosh oshpaz Muhammadali Hayitboev kattakon doshqozonda 20 mingta ko`k chuchvara tayyorladi.

23 yoshlik oshpaz 20 ming ta chuchvarani tayyorlashi uchun 20 kg go`sht, 4 kg qo`y yog`i, 20 kg ko`katlar, 30 kg un, 30 ta tuxum, 800 gr turli ziravorlar, 25 kg piyoz, 2 kg tuz kerak bo`ldi.

Bayram dasturining bir tarafida mahoratli oshpazlar tomonidan lazzatli taomlar tayyorlangan bo`lsa, yana bir tarafda yoshlar tomonidan milliy o`yinlar o`ynaldi. Dor va xo`roz o`yinlari esa barchada o`zgacha taasurot qoldirgani rost.

Shu kuni mahoratli oshpaz tomonimdan tayyorlangan 20 mingta chuchvara hamda homiylarning sovg`alari Farg`ona viloyatidagi nogironlar, muruvvat, sahovat hamda bolalar uyiga olib borildi. Bu esa bolajonlarga quvonch baxsh etdi.

Ma`lumot o`rnida aytish kerak. O`zining shahsiy rekordini o`rnatgan yosh oshpaz Muhammadali Hayitboev avval 2 tonnalik osh, undan so`ng 2 ming litrlik sho`rva tayyorlagan edi. Navbatdagi shahsiy rekordi esa 20 ming ta chuchvara bo`ldi. Muhammadali oshpazlarning 4-avlodi sanaladi.

    Boshqa yangiliklar