1

Qashqadaryoda xotin erini bug`ib o`ldirdi, Qoraqalpog`istonda esa er xotiniga bolta urdi

Jinoyat 27.03.2018, 20:22
Qashqadaryoda xotin erini bug`ib o`ldirdi, Qoraqalpog`istonda esa er xotiniga bolta urdi

O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi 26 kuni oilaviy nizolar oqibatida kelib chiqqan ikkita mudhish qotillik haqida xabar berdi.

Birinchisi, Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida 26 mart kuni soat 03.00 larda, Oqquduq qishlog`ida yashovchi, 1996 yilda tug`ilgan M. Omonova uyida oilaviy janjal oqibatida birga yashagan turmush o`rtog`i, 1994 yilda tug`ilgan. A.Erkinovni sochiq bilan bo`g`ib o`ldirgan. M.Omonova esa qo`lga olingan.

Ikkinchisi, Qoraqalpog`iston Respublikasining To`rtko`l tumanida 26 mart kuni soat 10.00 larda, “Ullibog`” OFYda yashovchi, 1951 yilda tug`ilgan R.Niyazimbetov uyida oilaviy janjal oqibatida birga yashagan turmush o`rtog`i, 1952 yilda tug`ilgan A.Niyazimbetovaning boshiga bolta bilan urib jarohat etkazgan. Natijada A.Niyazimbetova voqea joyida vafot etgan. R.Niyazimbetov qo`lga olingan.

Ikkala holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1