1

Jizzaxda ota-bola firibgarlar qo`lga olindi

Jinoyat 27.03.2018, 20:30
Jizzaxda ota-bola firibgarlar qo`lga olindi

Jizzax viloyatining Zomin tumanida 26 mart kuni ota-bola firibgarlar qo`lga olindi, deya xabar bermoqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

IIBga tushgan hujjatlarga ko`ra, 2016 yil avgust oyida “Istiqlol” QFY Yom qishlog`ida yashovchi, muqaddam sudlangan, 1975 yilda tug`ilgan M. Arabov va birga yashovchi otasi, nafaqaxo`r, 1946 yilda tug`ilgan M. Arabovlar tanishi, 1986 yilda tug`ilgan Sh.Imanovning uyida unga ATB “Qishloq qurilish bank” Yangiobod tumani filialida taqiqda turgan “Neksiya” rusumli avtomashinasini taqiqdan chiqarib berishlarini aytib, aldash yo`li bilan ishonchiga kirib, 28 mln so`m pulini olib bergan va`dasini bajarmay pullarni o`z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligi ko`rsatilgan.

Ko`rilgan choralar natijasida Mirmuxtor va Mirhamid Arabovlar ushlanganlar.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1