Davlat bojxona qo`mitasida bojxona xizmati organlariga endigina qabul qilingan yosh xodimlar va ularning ota-onalari uchun tashkil etilgan uchrashuvda qo`mita raisi general-mayor M.Azimov “mamlakat taraqqiyoti va kelajagi uchun o`zini mas`ul deb bilgan har bir yosh xodim xizmatda, eng avvalo, vatanparvarlik, adolat va halollik tamoyillariga qat`iy va og`ishmay rioya qilishlari shart”ligini aytdi, deb yozadi O`zA.
Shuningdek , mazkur tadbirda Prezidentimizning 2017 yil 5 iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O`zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo`llab-quvvatlash to`g`risida”gi Farmoniga to`xtalib, ushbu hujjat yoshlarning huquq va erkinliklarini kafolatlash, kasbga yo`naltirish, bandligini ta`minlash, shu bilan birga, iqtidor va salohiyatini ro`yobga chiqarishda muhim o`rin tutayotgani ta`kidlandi.

Bojxona organlarida yoshlarni qo`llab-quvvatlash, ularni ijtimoiy himoyalash hamda xizmatni o`tashlari uchun yaratilgan sharoitlar haqida batafsil ma`lumotlar berildi.






