O`zbekiston va Tojikiston o`rtasida viza rejimining bekor qilinishi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi qo`shni davlatlardan ko`proq sayyohlarni jalb qilish maqsadida turli xil usullardan foydalanmoqda.
Xususan, shahar taksi xizmatlari doirasida O`zbekistonning sayyohlik shaharlari reklamasi joylashtirilgan taksilarni bunga misol qilib keltirishimiz mumkin.
Bunday reklama platformalarining mavjudligi Tojikiston aholisini mamlakatimizning diqqatga sazovor joylari to`g`risida xabardor etish, O`zbekiston bo`ylab sayohat qilishga bo`lgan qiziqishni yanada oshirishga qaratilgan. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi Matbuot xizmati xabar bermoqda.








