1

Farg`onada janjal oqibatida tanishini pichoqlagan shaxs qo`lga olindi

Jinoyat 30.03.2018, 12:13
Farg`onada janjal oqibatida tanishini pichoqlagan shaxs qo`lga olindi

Farg`onada fuqaroga pichoq bilan jarohat etkazgan shaxs qo`lga olindi, deb xabar qildi O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

"Farg`ona viloyatining Toshloq tumanida 27 mart kuni soat 14.00larda, "Furqat" MFY Guliston ko`chasi 28-uyda yashovchi, 1993 yilda tug`ilgan Sh.Husanov, Qo`rg`oncha mahallasi hududida o`zaro janjal oqibatida tanishi, 1996 yilda tug`ilgan A.Meliboevning kurak qismiga pichoq bilan urib jarohat etkazgan. Natijada A.Meliboev kasalxonaga yotqizilgan. Sh.Husanov qo`lga olingan", — deyilgan xabarda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1