AsosiyDunyo

Evropa Ittifoqi vazirlari Suriyadagi vaziyatni muhokama qiladi

'Evropa Ittifoqi vazirlari Suriyadagi vaziyatni muhokama qiladi'ning rasmi

16 aprel kuni Evropa Ittifoqining 28 davlati Tashqi ishlar vazirlari, Lyuksemburgda Suriyada amalga oshirilgan raketa hujumlari muhokamasiga bag`ishlangan yig`inda ishtirok etadi. TASSning xabar berishicha, bu haqida Belgiya tashqi ishlar vaziri Dide Reynders shanba kuni ma`lum qilgan.

“Evropa Ittifoqi Tashqi ishlar vazirlari dushanba kuni bo`lib o`tadigan Kengash yig`ilishida vaziyat yuzasidan maslahatlashib olish imkoniga ega bo`ladi”, – deydi u.

Mudofaa vazirligi ma`lumotiga ko`ra, Suriya harbiy va fuqarolik infratuzilmalariga qaratilgan davomiy raketa hujumlari mahalliy vaqt bilan soat 03:42 dan 05:10 gacha amalga oshirilgan. AQSh, Buyuk Britaniya va Fransiya havo kuchlari tomonidan yo`llangan zarbalar samolyotlar va kemalardan yo`naltirilgan. Ittifoqchilar 100dan ortiq qanotli va “havo-er” raketalarini uchirishgan. (O`tgan yili Suriyaning Shayrat aerodromi hududiga 59 ta raketa yo`naltirilgandi)

Avvalroq, Vashington, London va Parij, hujum Suriyaning Duma shahrida kimyoviy qurol qo`llanilganiga qarshi javob bo`ldi, deb bayonot bergan. Ba`zi ma`lumotlarga ko`ra, taxminan 10 ta ob`ekt hujumga uchragan, biroq Suriyaning SANA axborot agentligi ushbu ma`lumotni tasdiqlamadi.

Dumada 7 aprel kuni sodir bo`lgan voqeadan so`ng Rossiyaning Nizolashayotgan tomonlarni murosaga keltirish markazi vakillari 9 aprel kuni voqea joyida bo`lib, tekshiruv o`tkazgan va kimyoviy qurol qo`llanilganiga dalil topmaganini ma`lum qilgandi. Shanba kuni ushbu hududda kimyoviy qurollarni ta`qiqlash tashkiloti ekspertlari ish boshladi.

Ayni vaqtda Fransiya rasmiylari tomonidan esa mamlakat maxsus xizmatlarining Dumada kimyoviy qurollar qo`llanilganini tasdiqlovchi maxfiy ma`lumotlari yozilgan hisoboti e`lon qilindi.

    Boshqa yangiliklar