1

Buxoroda 27 yoshli yigit otasini dazmol bilan urib o`ldirdi

Jinoyat 16.04.2018, 10:28
Buxoroda 27 yoshli yigit otasini dazmol bilan urib o`ldirdi

Buxoro viloyatining Vobkent tumanida oilaviy janjal natijasida27 yoshli yigit otasini dazmol bilan urib o`ldirdi, deb xabar bermoqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.

Ma`lum bo`lishicha, 9 aprel kuni soat 23.45larda, “Rabotohun” MFY Binokor ko`chasi 6-uyda yashovchi, 1991 y.t. Bahriddin Nazarov uyida o`zaro janjal oqibatida birga yashovchi otasi, 1964 y.t. Fahriddin Nazarovning boshiga dazmol bilan urib jarohat etkazgan.

Natijada Fahriddin Nazarov kasalxonaga yotqizilgan va ko`rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan. Bahriddin Nazarov qo`lga olingan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1