AsosiyJamiyat

Ikkinchi jahon urushi faxriylari Yalta va Kislovodsk shaharlariga bepul yuboriladi

'Ikkinchi jahon urushi faxriylari Yalta va Kislovodsk shaharlariga bepul yuboriladi'ning rasmi

Xotira va Qadrlash kuniga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish chora-tadbirlari to`g`risidagi Prezident qarori qabul qilindi. Hujjat matni O`zAda to`liq keltirilgan.

Qarorga ko`ra, ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining istaklari asosida ular o`zlari jang qilgan mamlakatlarga bir nafar kuzatuvchi bilan safari tashkil etiladi hamda ushbu safar bilan bog`liq barcha xarajatlar qoplanadi.

Shuningdek, ikkinchi jahon urushi faxriylarining istaklari asosida Yalta va Kislovodsk shaharlaridagi “O`zbekiston” hamda respublika hududidagi boshqa sanatoriylarga bir nafar kuzatuvchisi bilan birga bepul yuboriladi, ular zarur avia va temir yo`l chiptalari bilan ta`minlanadilar.

    Boshqa yangiliklar