AsosiyJamiyat

Qalamni bir bossa, uzmay, chap qo`lida rasm chizishni qoyillatadigan bolakay (foto)

'Qalamni bir bossa, uzmay, chap qo`lida rasm chizishni qoyillatadigan bolakay (foto)'ning rasmi

Bu bolakay o`qish va yozishni bilmaydi. Yoshi oltida. Chap qo`lida rasm chizishni qoyillatadi.

Eng qizig`i, samarqandlik Javlonbek Noralovning murabbiyi yo`q. Unga hech kim rasm chizishning sir-asrorlarini o`rgatmagan.

Bu bolakay haqida Yoshlar ittifoqi Samarqand viloyati Kengashi xabar topgandan so`ng, uni qidirib bordi.

Sehrli mo`yqalam sohibi Narbay tumanidagi “Obod qishloq” loyihasiga tushgan “Bo`ston” qishlog`ida istiqomat qilarkan.

2012-yili shu qishloqda tug`ilgan. Suhbat jarayonida etakchilar bu bolakayning yana bir xislatini ko`rishdi.

Qalamni bir bossa, bo`ldi, ijodiy ishni tugatmaguncha uzmaskan.

Eng ajablanarlisi, Javlonjon shuncha chizgan rasmlarining birontasida, bir marta bo`lsa ham o`chirg`ichdan foydalanmagan.

Marhamat, favqulotda iste`dod egasi 6 yoshli yigitcha chizgan rasmlar bilan tanishing.

Yoshlar ittifoqi bolakayning iste`dodini qo`llab-quvvatlab, uning dunyoga mashhur rassom bo`lib etishishi uchun mavjud barcha imkoniyatlarini safarbar etadi.

    Boshqa yangiliklar