Vazirlar Mahkamasida jamoat ishlariga majburiy jalb qilishni taqiqlash, bu borada rahbarlar mas`uliyatini oshirishga bag`ishlangan yig`ilish davom etmoqda, deb xabar bermoqda O`zA.
Yig`ilishda Farg`ona viloyati hokimi Farg`ona va Marg`ilon shaharlaridagi obodonlashtirish ishlariga obodonlashtirish xodimlari etarli bo`la turib kollej o`qituvchilarini jalb etilganini tan oldi. Viloyatga ajratilgan 84 milliard so`mdan faqat 5 milliard o`zlashtirilganini qayd etdi.
Va`da beraman, ta`lim, tibbiyot va boshqa byudjet tashkilotlari vakillari majburiy mehnatga jalb etilsa chora ko`riladi, dedi hokim.
17.04.2018 15:36
Farg`ona viloyati hokimi obodonlashtirish ishlariga kollej o`qituvchilarini jalb etilganini tan oldi






