AsosiyJamiyat

Qishloq va suv xo`jaligi sohasida faoliyat yuritayotgan bir qator inspeksiyalar tugatiladi

'Qishloq va suv xo`jaligi sohasida faoliyat yuritayotgan bir qator inspeksiyalar tugatiladi'ning rasmi

Joriy yilning 1 avgustidan mamlakatimiz qishloq va suv xo`jaligi sohasida faoliyat yuritayotgan bir qator inspeksiya va markazlar tugatilib, o`rniga yangilari tashkil etiladi, deb xabar bermoqda O`zA.

Bu haqida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “ Qishloq va suv xo`jaligi davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi farmonida aytib o`tilgan.

Unga ko`ra, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat don inspeksiyasi, Mashina va asbob-uskunalarning texnik holatini nazorat qilish bosh davlat inspeksiyasi, Chorvachilikda naslchilik ishlari bosh davlat inspeksiyasi, “O`zsuvnazorat” respublika suv inspeksiyasi, “O`zdavurug`nazoratmarkaz” qishloq xo`jaligi ekinlari urug`ini sertifikasiyalash va sifatini nazorat qilish davlat markazi tugatiladi.

Endilikda Innovasion rivojlanish vazirligi, “O`zpaxtasanoat” AJ va “O`zdonmahsulot” AKning G`o`za urug`chiligi respublika markazi va Boshoqli don ekinlari urug`chiligi respublika markazi negizida, urug`liklar, shu jumladan, paxta va boshoqli don ekinlari urug`larini tayyorlash hamda ulardan foydalanishning yagona va zamonaviy tizimini shakllantirish uchun mas`ul bo`lgan Innovasion rivojlanish vazirligi huzuridagi Urug`chilikni rivojlantirish markazi tashkil etiladi.

    Boshqa yangiliklar