AsosiyJamiyat

O`zbekiston faxriylarini “Mehnat faxriysi” ko`krak nishoni bilan taqdirlash marosimi boshlandi

' O`zbekiston faxriylarini “Mehnat faxriysi” ko`krak nishoni bilan taqdirlash marosimi boshlandi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 28 dekabrdagi «O`zbekiston faxriylarni ijtimoiy qo`llab-quvvatlash «Nuroniy» jamg`armasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi farmoniga asosan mamlakat taraqqiyoti uchun faol xizmat ko`rsatgan fuqarolar O`zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo`llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg`armasi Respublika boshqaruvi tomonidan taqdirlanib boriladi.

Ayni paytda Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston Davlat akademik katta teatrida yurt tinchligi va ravnaqiga munosib hissa qo`shgan bir guruh zamondoshlarimizni “Mehnat faxriysi” ko`krak nishoni bilan taqdirlash marosimi boshlandi, deb xabar bermoqda O`zA.

Yoshlar, ota-onalar, faol jamoatchilik, davlat va nodavlat tashkiloti vakillari ishtirok etayotgan tadbir tafsilotlarini yoritishda davom etamiz.

    Boshqa yangiliklar