1

Samarqandda talonchi qizlar guruhi qo`lga olindi

Jinoyat 21.04.2018, 20:53
Samarqandda talonchi qizlar guruhi qo`lga olindi

Samarqand shahrida talonchi qizlar guruhi qo`lga olindi, deb xabar bermoqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

"20 aprel kuni soat 01.00larda uch noma`lum shaxslar Go`ro`g`li ko`chasida 1984 y.t. F.Axmedovni kuch ishlatish yo`li bilan qo`rqitib, “Samsung” mobil telefonini olib ketganlar. Ko`rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Samarqand tumanida yashovchi, 1993 y.t. S.Nurmatov, 1989 y.t. G.Ashurova va Paxtachi tumani Bog`bon qishlog`ida yashovchi, 1998 y.t. M.Kenjaevalar sodir etganliklari aniqlanib ushlanganlar", - deyilgan xabarda.

Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1