AsosiyJamiyat

Adliya vazirligida qator tayinlovlar amalga oshirildi

'Adliya vazirligida qator tayinlovlar amalga oshirildi'ning rasmi

Adliya vazirligida qator tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda vazirlikning matbuot xizmati xabar berdi.

Adliya vazirining tegishli buyruqlari bilan:

Adxam Muratovich Turdiev – Ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qo`llash amaliyotini o`rganish boshqarmasi boshlig`i lavozimiga;

Umarov Dilmurat Abdialimovich – Hukumat bayonnoma qarorlari va idoraviy normativ hujjatlarni huquqiy ekspertizadan o`tkazish boshqarmasi boshlig`i lavozimiga;

Islambek Rustambekovich Rustambekov – O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Xalqaro va xorijiy tashkilotlarda O`zbekiston Respublikasining manfaatlarini huquqiy himoya qilish boshqarmasi boshlig`i vazifasini bajaruvchisi lavozimiga tayinlandi.

Bundan tashqari, o`tkazilgan tanlovlardan muvaffaqiyatli o`tgan 72 nafar shaxs yangi tashkil etilgan tuman (shahar) adliya bo`limlari boshliqlari etib tayinlandi.

    Boshqa yangiliklar