1

​Pora evaziga oliygohga kiritmoqchi bo`lgan firibgar qo`lga olindi

Jinoyat 23.04.2018, 16:41
​Pora evaziga oliygohga kiritmoqchi bo`lgan firibgar qo`lga olindi

Jizzax viloyatining Mirzacho`l tumanida 22 aprel kuni IIBga tushgan hujjatlarga ko`ra, 2017 yil 5 sentyabr kuni G`allaorol tumani “Qipchoqsuv” QFY Toshbulov qishlog`ida yashovchi, 1992 y.t. R.Saidalimov tanishi, 1986 y.t. S.Ergashevaga jiyanini Jizzax politexnika institutiga o`qishga kiritib qo`yishini aytib, aldash yo`li bilan ishonchiga kirib, undan 25 mln. so`m pulini olib, bergan va`dasini bajarmay pullarni o`z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligi ma`lum bo`lgan.

R.Saidalimov qo`lga olingan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1