AsosiyJamiyat

Adliya vazirligi tomonidan #xotirakuniadliya xeshtegi bilan fleshmobga start berildi

'Adliya vazirligi tomonidan #xotirakuniadliya xeshtegi bilan fleshmobga start berildi'ning rasmi

9 may xotira va qadrlash kuni. Mamlakatimiz bo`ylab ushbu sana ehtirom va chuqur minnatdorlik bayrami sifatida nishonlanadi.

Mazkur sana arafasida ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini xotirlash maqsadida Adliya vazirligi tomonidan #xotirakuniadliya xeshteg nomi bilan fleshmobga start berildi.

Mazkur xeshteg bilan vazirlik xodimlari urush yillariga bag`ishlangan turli video va rasmlarni ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirishni rejalashtirishgan.

Bu sa`y –harakatlar ajdodlarimizning bukilmas irodasi va qahramonlik harakatlari, 1941-1945 yillardagi urush va mehnat fronti faxriylari xotirasiga hamda mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chog`ida halok bo`lgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining oilalarini ulug`lash, yosh avlodni milliy an`analarimizga sadoqat va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida kamol toptirish maqsadida amalga oshirilmoqda. Shundan kelib chiqib, Adliya vazirligi:

“Harbiy yillar haqida eng yahshi hikoya” (bobo-buvilarning hikoyalari, urush hayoti hikoyalari, adliya veteranlarning o`z ishlari haqida hikoyalar, mustaqil O`zbekiston harbiy xizmatchilarining hikoyalari va h.k.). Bunda hajm emas ijodkorlik va qiziqarli bayon etish ma`qullanadi;

“Xotira va Qadrlash kuni uchun eng yaxshi tabrik” (tabrik she`riy, nasriy, videorolik ko`rinishida, tabrik matnlarini o`qish, qo`shiq kuylash shaklida bo`lishi mumkin).

Tanlov ishlarini Adliya vazirligining “Adliya bilan muloqot/Dialog s yustisiey” sahifasiga joylashtirishingiz mumkin.

Eng ko`p miqdordagi layklarni olgan postlar uchun Adliya vazirligining maxsus sovg`asi tayyorlangan.

Adliya vazirligi tashabbusi bilan boshlangan aksiyani vazirlik xodimlari boshlab berdi. Ular joylarda urush guvohlarining uylariga borib, ular holidan xabar olishdi. Turli masalalarda huquqiy maslahatlar berildi.

Unutmang, “Bizga tinchlik, omonlik kerak”.


    Boshqa yangiliklar