Surxondaryo viloyati Boysun tumani O`rmonchi mahallasida yashovchi, 1991 y.t. R.Boltaev va O`rta machay mahallasida yashovchi 1993 y.t. Sh.Eshqobilovlar Farobiy ko`chasi “Nixol” kafesi oldida joylashgan “Global techno payment” MChJga tegishli (bankomat) to`lov terminal apparatini buzib ochib, ichidan 3 mln 354 ming so`m pullarni o`g`irlab ketganlar.
O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko`ra, ko`rilgan choralar natijasida R.Boltaev va Sh.Eshqobilovlar ushlanganlar.






