Kecha, 24 aprel kuni Xitoyning Pekin shahrida ShHTga a`zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig`ilishi bo`lib o`tdi.
"Xalq so`zi" nashri xabariga ko`ra, unda mazkur tashkilot Bosh kotibligiga o`zbekistonlik Vladimir Norov nomzodi ham ilgari surildi.
Vladimir Norov 2019 yilning 1 yanvaridan 2021 yilning 31 dekabriga qadar mazkur yuksak lavozimni egallashi kutilayapti.
Eslatib o`tamiz, Rashid Alimov (Tojikiston) 2016 yil 1 yanvaridan buyon ShHT Bosh kotibi lavozimida ish yuritib kelmoqda. Uning vakolat muddati shu yil yakunida nihoyasiga etadi.






