AsosiyJamiyat

Shuhrat Abbos qazo qilibdi (Xayrulla Hamidovdan marsiya)

'Shuhrat Abbos qazo qilibdi  (Xayrulla Hamidovdan marsiya)'ning rasmi

Jon xalqumga asta kelibdi,
Taqdir haqdir, neki bilibdi.
«Mahallada duv-duv gap», do`stlar,
Shuhrat Abbos qazo qilibdi.

Buyuk zotlar bir-bir ketyapti,
Qazo kelib, qadar bityapti.
Ko`zda yoshim. Atrofga boqdim,
Xulosa bir: umr o`tyapti.

Nurli bo`lsin endi manzillar,
Mahzun boqar samimiy dillar.
Endi gullar qo`ynida yotsin,
Umrin quchdi «olovli yo`llar»,
O`ta azob, sinovli yo`llar.

Er to`larmish, fazo kulibdi,
Kim savobni jazo bilibdi.
Xiralashdi oinai jahon -
Shuhrat Abbos qazo qilibdi.

    Boshqa yangiliklar