AsosiyJamiyat

O‘zLiDeP deputatlari yana bir hayrli ishda faollik ko`rsatdi

'O‘zLiDeP deputatlari yana bir hayrli ishda faollik ko`rsatdi'ning rasmi

Har kuni minglab insonlar donor qoniga muhtoj bo`ladi. Afsuski, qonni sun`iy tarzda ishlab chiqishning imkoni yo`q. Uning yagona manbai beg`araz donorlardir. Beg`araz donorlik esa ulkan sahovat demak.

Kuni kecha “Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasida o`tkazilgan navbatdagi beg`araz donorlik hayriya tadbirida Xalq deputatlari Uchtepa hamda Mirobod tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a`zolari ham donor sifatida ishtirok etishdi, deb xabar bermoqda O‘zLiDeP matbuot xizmati.

— Aholining qonga bo`lgan ehtiyojini qoplash orqali insonlar hayotini saqlab qolish va favqulodda holatlarga doimo tayyor turish, yoshlarimizni rahmdillik va insoniylik ruhida tarbiyalash muhim ahamiyat kasb etadi, - deydi Xalq deputatlari Uchtepa tuman Kengashi deputati Nuriddin Zaynuddinov. — Shu maqsadda men ham insonlarga yordam berishni dilimga tugdim va beg`araz donor sifatida hayriya tadbirida ishtirok etdim. Qon berishdan so`ng ruhiy va jismoniy engillikni sezdim. Boshqalarni ham ana shunday xayrli ishda faol ishtirok etishlariga chorlab qolaman.

    Boshqa yangiliklar