AsosiyJinoyat

Yolg`on xabar bergan shaxsning o`ziga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi

'Yolg`on xabar bergan shaxsning o`ziga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi 'ning rasmi

Shofirkon tuman IIBga, Guliston MFY, Undari qishlog`ida yashovchi, 1972 yilda tug`ilgan, tuman pochta bo`limida ishlaydigan Sharipov Baxtiyor Jamolovich murojaat qilib, noma`lum shaxs yashash uyiga g`ayriqonuniy ravishda kirib, mehmonxonasida bo`lgan temir seyf ichidan 500 AQSh dollari, uch juft bahosi 4.500.000 so`m bo`lgan tilla ziraklar, uch dona bahosi 3.300.000 so`m bo`lgan tilla uzugi va bir dona bahosi 400.000 so`m bo`lgan tilla ziragini o`g`irlab ketganligini bildirgan edi.

Shofirkon tuman IIB tezkor xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida Sharipov Baxtiyor Jamolovich bila turib qasddan jinoyat haqida yolg`on xabar berganligi aniqlangan va uning ko`rsatmasiga asosan ishga aloqador bo`lgan 200 AQSh dollari, bir dona sariq metaldan yasalgan nikoh uzugi va bir juft sariq metaldan yasalgan ziraklar tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.

Hozirgi kunda jinoyat haqida yolg`on xabar berganligi, huquqni muhofaza qiluvchi organlarni o`zining uydirmalari bilan chalg`itganligi uchun Sharipov Baxtiyor Jamolovichga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar