AsosiyJinoyat

Talonchilik jinoyatini sodir etib, qidiruvda bo`lgan shaxs Sankt-Peterburgda qo`lga olindi

'Talonchilik jinoyatini sodir etib, qidiruvda bo`lgan shaxs Sankt-Peterburgda qo`lga olindi'ning rasmi

Buxoroda talonchilik jinoyatini sodir etib qidiruvda bo`lgan shaxs Rossiya Federasiyasining Sankt-Peterburg shahrida qo`lga olindi.

"O`tkazilgan “Qidiruv” tadbirlari davomida, O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 166-moddasi 2-qismi «v» bandi hamda 3-qismi “b” bandida ko`rsatilgan jinoyatni sodir qilganligi uchun 2017 yilning yanvar oyidan buyon qidiruvda bo`lgan, 1995 yilda tug`ilgan Savilev Anatoliy Aleksandrovich Rossiya Federasiyasining Sank-Peterburg shahrida qo`lga olinib, O`zbekiston Respublikasiga olib kelingan va Buxoro viloyati IIBga qarashli 3-sonli Tergov hibsxonasiga joylashtirilgan", - deyilgan IIB xabarida.

    Boshqa yangiliklar