AsosiyJamiyat

Farg`onada haydovchi piyodani o`ldirib, voqea joyidan qochib ketdi

'Farg`onada haydovchi piyodani o`ldirib, voqea joyidan qochib ketdi'ning rasmi

Farg`ona shahrida yo`l–transport qoidasining buzilishi natijasida haydovchi piyodani urib yubordi va voqea joyidan qochib ketdi, deb xabar bermoqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

"25 aprel kuni soat 23.20larda noma`lum haydovchi aniqlanmagan avtomashinani Baqay ko`chasida haydab ketayotib piyoda, 1968 y.t. Radik Toshtemirovni urib yuborib, voqea joyidan ketib qolgan. Natijada Radik Toshtemirov jarohat olib voqea joyida vafot etgan.

Ushbu yo`l-transport hodisasini sodir qilgan haydovchi va uning avtomobili haqida biron bir ma`lumotga ega bo`lganlarni 102 telefon raqami orqali xabar berishlarini so`raymiz", - deyilgan xabarda.

    Boshqa yangiliklar