AsosiyJinoyat

Samarqandda ikkita zo`rlash jinoyati oshkor etildi

'Samarqandda ikkita zo`rlash jinoyati oshkor etildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi Samarqand viloyatida 24 aprel kuni ikkita zo`rlab, nomusiga tegish jinoyati oshkor etilgani haqida ma`lum qildi.

Birinchisida, Samarqand shahrida 24 aprel kuni, shahar IIBga tushgan hujjatlarga ko`ra, avval O`zR JKning 119-moddasi 2-qismida ko`rsatilgan jinoyatni sodir etgani uchun ushlangan, T.O`sarov 2017 yil 27 oktyabr soat 09.00 larda, Ibn Sino ko`chasida joylashgan RShTYoIM Samarqand filiali chiqindixonasida tanishi, A.B (ismi o`zgartirilgan) zo`rlab nomusiga tekkanligi aniqlangan.

Ikkinchisida esa, Samarqand shahrida 24 aprel kuni shahar IIBga tushgan hujjatlarga ko`ra, avval O`zR JKning 165-moddasi 1-qismida ko`rsatilgan jinoyatni sodir etgani uchun ushlangan, Urgut tumani Nisbat mahallasida yashovchi, Sh.Eshquvvatov shu yil 2 mart soat 09.30larda Bo`stonsaroy ko`chasi 80-uy 6-qavatida joylashgan lift anjomlari turadigan xonasida M.V. ni (ism o`zgartirilgan) zo`rlab nomusiga tekkanligi aniqlangan.

    Boshqa yangiliklar