Prezidentning 27.12.2016 yildagi PQ–2699-son qaroriga ishlangan davrga bog`liq holda homiladorlik va tug`ish bo`yicha nafaqalar miqdoriga taalluqli o`zgartirishlar kiritildi. Tuzatishlar Prezidentning 4.04.2018 yildagi PF–5398-son Farmoni bilan kiritilgan va 5.04.2018 yilda kuchga kirdi. Bu haqda Norma xabar bermoqda.
Eslatib o`tamiz. Homiladorlik va tug`ish bo`yicha nafaqa miqdori ayol ishga qabul qilingan kundan boshlab amalda ishlangan vaqtiga qarab tabaqalashtirilgan:
- 6 oygacha – o`rtacha oylik ish haqining 50%i;
- 6 dan 12 oygacha – 75%i;
- 12 oydan ortiq – 100%i.
Endi esa 6 oygacha bo`lgan ish stajida nafaqalarni to`lash tartibi bekor qilindi va ishga qabul qilingan kundan boshlab 12 oydan kam ish staji bo`lganda nafaqaning yagona miqdori belgilandi – 75% (quyidagi jadvalga qarang). Ya`ni, agar ayol, olaylik, atigi 5 oy ishlab «dekret ta`tili»ga chiqqan bo`lsa, uning nafaqasi miqdori ilgarigidek 50% emas, balki 75%ni tashkil etadi.
2018 yilning 5 apreliga qadar | 2018 yilning 5 aprelidan boshlab | ||
Amalda ishlangan davr | Homiladorlik va tug`ish bo`yicha nafaqa miqdori (o`rtacha oylik ish haqining) | Amalda ishlangan davr | Homiladorlik va tug`ish bo`yicha nafaqa miqdori (o`rtacha oylik ish haqining) |
6 oygacha | 50%i | Bekor qilingan | |
6 oydan 12 oygacha | 75%i | 12 oygacha | 75%i |
12 oydan ortiq | 100%i | 12 oydan ortiq | 100%i |
Shuningdek, e`tiboringizga moliya vazirligi matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan infografikani havola etamiz. 






