AsosiyDunyo

Isroilda yog`ingarchilikdan so`ng suv toshqini yuzaga keldi

'Isroilda yog`ingarchilikdan so`ng suv toshqini yuzaga keldi'ning rasmi

Isroilning Falastin bilan chegaradosh hududlaridaaprel oyiga xos bo`lmaganyomg`irli ob-havo sharoiti hukm surmoqda. Uzoq davom etgan yog`ingarchilikdan so`ng ayrim joylarda suv toshqinlari kelib chiqdi.

Isroilda bu kabi yog`ingarchiliklar aprel oyida kamdan-kam kuzatilgan. Kelib chiqqan suv toshqinlari oqibatida bir nafar o`smir hayotdan ko`z yumdi. U suvda oqib ketgan. Tez orada etib kelgan harbiy vertolyot bolani suvdan olib chiqishga muvaffaq bo`lgan, biroq u kasalxonaga etib bormay, yo`lda jon berdi. Tabiiy ofat tufayli boshqa qurbonlar va jabrlanganlar haqida ma`lumotlar yo`q.

Suv toshqinlari bir qator muammolarni keltirib chiqarmoqda. Masalan, ayrim avtomobil yo`llari suv bilan to`lgani sabablimashinalar harakati to`xtab qolgan. Ba`zi joylarda yuk mashinalari harakatlana olmay qolganini ko`rish mumkin.

    Boshqa yangiliklar